Toshkentda Nexia-3 uch qavatli ko‘prik to‘sig‘iga urildi
YTH 17 iyul kuni soat 4:10 da Parkent ko‘chasida ro‘y bergan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 avtomobili ko‘prik to‘sig‘ini buzib o‘tdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 iyul kuni soat 04:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi «Tapoich» yo‘l o‘tkazgichida 21 yoshli M.M. Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Fuqarolardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini va harakat davomida hushyorlikni oshirishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

12:00 / 05.06.2025