Toshkent dehqon bozorlarining birida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
Toshkent shahrida sifatsiz go‘sht va sut mahsulotlarini aniqlash bo‘yicha muntazam ravishda profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.

Foto: IIBB
Mas’ul xodimlar tomonidan poytaxtdagi dehqon bozorlarida tizimli ravishda reydlar o‘tkazib kelinmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.
Qayd etilishicha, reydlarda Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari ishtirok etyapti.
Xususan, Yakkasaroy tumanidagi dehqon bozorlaridan birida hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarning iste’molga yaroqliligi tekshirilgan.
O‘tkazilgan tadbir davomida jami 24,5 kg yirik shoxli mol go‘shti hamda 25,5 kg iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti mahsulotlari aniqlandi.
Iste’molga yaroqsiz mahsulotlari veterinariya sanitariya qoidalariga binoan utilizatsiya qilingan.
Shuningdek, tadbirkorlar va iste’molchilar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mavzuga oid

22:48 / 09.06.2025
“Eshak go‘shti qo‘shilmaganmi?” – zaruratga aylanayotgan savol

17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”

22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

12:15 / 10.05.2025