«Tolibon» Afg‘onistondagi siyosiy partiyalar faoliyatini noqonuniy deb e’lon qildi
«Tolibon» partiyalarni o‘z tizimining beqarorlashtiruvchi omillaridan biri deb biladi va shu sababli ularning faoliyatini taqiqlagan.

Foto: Rahmat Gul / AP
Siyosiy partiyalar faoliyati shariat qonunlariga zid va ular Afg‘onistonda taqiqlangan. Bu haqda Afg‘onistonning «Tolibon» radikal harakati tomonidan tuzilgan hukumat adliya vaziri Abdulhakim Ishoqzoy gapirdi.
«Afg‘onistondagi siyosiy partiyalar faoliyati shariat me’yorlariga zid bo‘lgani va xalq manfaatlarini himoya qilmagani uchun qat’iyan man etilgan», deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi TASS Bakhtar News agentligiga tayanib.
Hasht-e Subh nashrining ekspertlarga tayanib yozishicha, «Tolibon» harakati siyosiy partiyalarni o‘z tizimini beqarorlashtiruvchi omillardan biri deb hisoblaydi va shuning uchun ham ularning faoliyatini taqiqlagan.
2021 yil bahorida AQSh o‘z qurolli kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqishini e’lon qilganidan so‘ng, «Tolibon» hokimiyatni qo‘lga olish maqsadida keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshlagan edi.
15 avgust kuni radikallar Kobulga jangsiz kirib bordi va 7 sentabr kuni muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi. Ushbu hukumat hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan.
Mavzuga oid

16:48
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

21:58 / 21.05.2025