Fransiya iPhone 12 smartfonini sotuvdan olib tashlashni talab qildi
Elektromagnit nurlanish darajasi haddan tashqari yuqori bo‘lgani sababli, Fransiya nazorat organi Apple kompaniyasiga shart qo‘ydi.

Foto Shiwa / Unsplash
Fransiyadagi hukumat nazorat organi Apple kompaniyasidan iPhone 12 smartfonlarini aholidan qaytarib olishni talab qildi. Bunga elektromagnit nurlanish darajasi haddan tashqari yuqori bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda ushbu smartfonlarning Fransiyadagi savdosi vaqtincha to‘xtatilgan.
Milliy radiochastota agentligi (ANFR) Apple kompaniyasini allaqachon ishlatilayotgan telefonlar uchun ushbu muammoni tezda hal qilish maqsadida barcha choralarni ko‘rishga chaqirmoqda.
Fransiya regulyatori ta’kidlaganidek, smartfonlardagi yangilanishlar agentlik tomonidan nazorat qilinadi. Agar ular samara bermasa, Apple allaqachon sotilgan telefonlarni qaytarib olishga majbur bo‘ladi.
Yevropa Ittifoqi standartlariga ko‘ra, telefonning elektromagnit energiyani bir kilogrammga singdirish darajasi (SAR) 4 vattdan oshmasligi lozim. Fransiyada iPhone 12 smartfonlaridagi ko‘rsatkich 5,74 vattni tashkil qilgan.
Apple kompaniyasi bunday xulosalarni rad qilmoqda va qurilma barcha radiatsiya qoidalariga mos kelishini, smartfon ko‘plab xalqaro tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan va butun dunyo bo‘ylab amaldagi barcha radiatsiya qoidalari va standartlariga javob berishini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid

00:33 / 20.06.2025
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum

14:50 / 18.06.2025
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

08:48 / 18.06.2025
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi

12:22 / 16.06.2025