Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon mudofaa vaziri Buxoroga keldi
19 oktyabr kuni Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Gasanov boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya Buxoroda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov tomonidan kutib olindi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, harbiylar dastlab Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi.
Delegatsiya vakillarini rasmiy kutib olish “Buxoro” poligonida o‘tkazildi. Vazirlar uchrashuvda ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan hamda munosabatlar yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarilganini qayd etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida 2024 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

08:45 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi

20:23 / 10.07.2025
Keyingi qadam – tinchlikmi? Aliyev va Pashinyan nima haqda kelishib oldi?

08:21 / 10.07.2025