Eron ShHT davlatlarini o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida pakt imzolashga chaqirdi
Hamkorlikda xavfsizlik va mustahkam tinchlikni birinchi navbatda ShHT a’zolari o‘rtasida amalga oshirish taklif etildi.

Foto: Getty Images
Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy maslahatchisi general Rahim Safaviy Xitoyga tashrifi chog‘ida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar o‘zaro «hujum qilmaslik to‘g‘risida» pakt imzolashi kerakligini aytdi. Bu haqda Fars News agentligiga tayanib TASS xabar berdi.
«Men hamkorlikda xavfsizlik va mustahkam tinchlikni birinchi navbatda ShHT a’zolari o‘rtasida amalga oshirishni taklif qilaman, bu harakat namunasi ShHT a’zolari o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida pakt imzolash bilan bo‘ladi», dedi u.
ShHT mintaqaviy xalqaro birlashma bo‘lib, unga to‘qqiz davlat: Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik doirasida ShHT a’zolari muntazam ravishda qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlarini o‘tkazib turadi, ulardan eng yirigi - «Tinchlik missiyasi» 2003 yildan beri o‘tkazilmoqda.
Eron 2023 yil 4 iyulda Shanxay hamkorlik tashkilotining to‘qqizinchi a’zosiga aylandi.
Mavzuga oid

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025