O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining asosiy xaridori ekani ma’lum bo‘ldi
2023 yilda qo‘shni davlatdan qariyb 2 mln tonna bug‘doy import qilindi.

Foto: Getty Images
O‘zbekiston bug‘doy sotib olishda Qozog‘istonning asosiy hamkori bo‘lib turibdi. 2023 yilda O‘zbekiston qo‘shni davlatdan deyarli 2 mln tonna bug‘doy import qilgan. Bu haqda Qozog‘iston milliy statistika byurosi ma’lumotlariga tayanib, APK News xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Qozog‘iston bug‘doyi eksporti 24 foizga o‘sdi. 2023 yil yanvar-oktyabr oylarida 3,8 mln tonna bug‘doy eksport qilindi, bu 1 mlrd dollar daromad keltirdi.
MDH mamlakatlariga 2,7 mln tonna bug‘doy yuborildi. O‘sish 29 foizni tashkil etdi. Eng katta hajm O‘zbekistonga yuborildi — qariyb 2 mln tonna, o‘sish 40 foizga teng bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Tojikiston – 404 ming tonna, uchinchi o‘rinda Turkmaniston – 230 ming tonna.
Shuningdek, qozoq bug‘doyi Afg‘oniston, Xitoy, Italiya va Turkiyaga ham eksport qilindi.Qozog‘iston, qishloq xo‘jaligi, bug‘doy
Mavzuga oid

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi

08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

22:43 / 20.05.2025