Samsung dunyodagi birinchi shaffof MicroLED ekranini taqdim etdi
Displey ranglari juda tiniq va boy ekani, havoda suzayotgan gologrammaga juda o‘xshashligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Samsung Electronics
Samsung kompaniyasi CES 2024 ko‘rgazmasida MicroLED texnologiyasiga ega dunyodagi birinchi shaffof ekranni taqdim etdi.
Kompaniya stendga uchta displeyni joylashtirdi, ulardan ikkitasi qoraytirilgan shisha, bittasi esa butunlay shaffof edi. Rangli oynalar fondagi barcha narsalarni yopdi, shuning uchun ular tasvirni tomosha qilishga xalaqit bermadi.
Barcha ekranlar taxminan 1 sm qalinlikda va ramkasiz dizaynga ega. Displey ranglari juda tiniq va boy. Uni ko‘rgan jurnalistlarning aytishicha, u havoda suzayotgan gologrammaga juda o‘xshaydi.
Samsung kompaniyasining fikricha, shaffof MicroLED displeylar shaffof OLED displeylarga nisbatan ancha yorqin. Shuningdek ularga atrof-muhit yorug‘ligi kamroq ta’sir qiladi.
Kompaniya vakili texnologiya qachondan ommaviy ishlab chiqarilishi haqida ma’lumot bermadi, biroq, arzon narxga umid qilmaslik kerak.
Hozir shaffof bo‘lmagan MicroLED ekranli yagona Samsung televizorining narxi 150 ming dollar yoki qariyb 1,9 mlrd so‘mga teng.
Mavzuga oid

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

22:02 / 31.05.2025
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

10:48 / 24.04.2025