O‘zbekiston yanvarda Xitoydan deyarli 1 mlrd dollarlik mahsulotlar import qildi
O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Kun.uz
2024 yilning yanvar oyida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi – 956,8 mln dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan importda ulushi mos ravishda 526 mln dollar va 194,9 mln dollar bo‘lgan Rossiya hamda Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Koreya – 176,9 mln;
- Turkiya – 130,5 mln;
- Germaniya – 90,8 mln;
- Yaponiya – 89 mln;
- Hindiston – 64,2 mln;
- Chexiya – 59,7 mln;
- Litva – 55,2 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

15:30 / 04.06.2025
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

15:52 / 11.04.2025