Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Vilnyusdagi elchixonasiga ikki marta hujum uyushtirildi
Ukraina Qahramonlari ko‘chasida joylashgan Rossiya elchixonasi binosiga noma’lum shaxslar ketma-ket ikki kecha davomida yonuvchi modda solingan butilkalarni uloqtirdi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: ELTA / ORESTAS GUREVIČIUS
Vilnyusda noma’lum shaxslar Rossiya elchixonasiga ikkita hujum uyushtirdi, natijada Ukraina Qahramonlari ko‘chasidagi bino devoriga zarar yetdi, deya xabar bermoqda Delfi Litva politsiya departamentiga tayanib. Birinchi hujum 7 aprelga o‘tar kechasi, ikkinchisi esa keyingi tunda amalga oshirilgan, deb yozadi nashr 8 aprel, dushanba kuni.
Noma’lum shaxslar yonuvchi modda solingan butilkalarni uloqtirgan
Ikkala holatda ham noma’lum shaxslar binoga yonuvchi modda solingan butilkalarni tashlab, zarar yetkazgan. Nashrning yozishicha, tergov boshlandi.
Rossiyaning Litvadagi elchixonasi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hozircha voqealarga izoh bermadi.
Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga hujumlar RFning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri bir necha bor sodir bo‘ldi. Xususan, 2022 yil aprel oyida Rossiyaning Buxarestdagi elchixonasi darvozasiga avtomashina borib urilgan, haydovchi voqea joyida vafot etgan. O‘sha yilning oktyabrida va 2023 yilning avgustida Kishinyovdagi Rossiya elchixonasiga hujumlar uyushtirildi.
Mavzuga oid

20:48 / 13.07.2025
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi

18:58 / 13.07.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025