Apple’ning Xitoy bozoridagi ulushi qisqardi
2024 yilning birinchi choragida Apple’ning Xitoy bozoridagi ulushi 2,2 foizga qisqardi. Honor va Huawei’ning ulushi esa ortgan.

Foto: Getty Images
IDC tahliliy agentligi 2024 yilning birinchi choragida Xitoyda smartfonlar sotuvi bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida Xitoy telfon bozori 6,5 foizga o‘sgan va 69,3 million dona qurilma sotilgan. O‘tgan yilninng mos davri bilan solishtirganda, OPPO’ning bozordagi ulushi 19,8 foizdan 15,7 foizga, Apple’ning ulushi 17,8 foizdan 15,6 foizga, Vivo’ning ulushi 17,4 foizdan 14,6 foizga kamaygan bo‘lsa, Honor’ning ulushi 16,1 foizdan 17,1 foizga, Huawei ulushi esa 8,6 foizdan 17 foizga oshgan.
Mavzuga oid

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025