Uch oyda savdo sohasidagi korxonalar qancha soliq to‘lagani aytildi
Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 149 ming 544 ta yuridik shaxs tomonidan 2024 yil yanvar-mart oylarida 5,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 629,5 mlrd so‘mi, ya’ni 10,6 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 10,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 192,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 253,9 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i – 154,9 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i - 82,4 mlrd so‘m;
- JShODS - 78,9 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 40,4 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 15,1 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 3,9 mlrd so‘m.
Mavzuga oid

11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi

14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi

15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi

08:12 / 29.04.2025