Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zargarlik uchun olib kirilgan qimmatbaho toshlar QQSdan ozod etildi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
- Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi.
- Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi.
«Turizm to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
- Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

13:44 / 02.07.2025
Zargarlik sohasini qo‘llab-quvvatlashga 100 mlrd so‘m ajratiladi

16:32 / 30.06.2025
YaTTlarga zargarlik buyumlarini sotishga ruxsat beriladi

16:18 / 30.06.2025