O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlat ma’lum qilindi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2024 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi – 3,9 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasida ulushi mos ravishda 3,8 mlrd dollar va 1,2 mlrd dollar bo‘lgan Rossiya hamda Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Turkiya – 920,2 mln;
- Koreya – 695 mln;
- Fransiya – 386,4 mln;
- Germaniya – 345 mln;
- Afg‘oniston – 308,6 mln;
- Turkmaniston – 288,5 mln;
- Hindiston – 270,3 mln.
Mavzuga oid

13:25 / 26.06.2025
O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 3 mlndan oshdi

12:18 / 23.06.2025
Oilaviy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

10:40 / 09.06.2025
May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi

09:45 / 09.06.2025