Samarqandda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia-2 kanalga tushib ketdi
Hodisada hech kim jarohatlanmagan. Mashina FVB tomonidan kanaldan chiqarib olingan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Samarqand shahri ko‘chalaridan birida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 mashinasi boshqaruvni yo‘qotib Siyob kanaliga tushib ketgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 7 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Nexia-2 Abdurahmon Jomiy ko‘chasida harakatlanib kelayotganda unda nosozlik kuzatilgan va mashina boshqaruvni yo‘qotib Siyob kanaliga tushib ketgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va hech kim vafot etmagan. Mashina FVB tomonidan kanaldan chiqarib olingan.
Qayd etilishicha, hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

11:40 / 09.06.2025
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025