Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdi yuborildi
Poyezd Eronning Bandar Abbos portidan jo‘nab ketdi va Turkmanistonning Sarahs chegara punkti orqali Toshkentga yo‘l oldi.

Foto: Turkmenportal
Turkmanistonning transport-logistika markazi (TULM) Hindistondan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdini jo‘natish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda Turkmenportal xabar berdi.
Qayd qilinishicha, keramika plitalar yuklangan 20 ta TEU konteyneridan iborat poyezd Eronning Bandar Abbos portidan jo‘nab ketgan va Turkmanistonning Sarahs chegara punkti orqali Toshkentga yo‘l olgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu tadbir oldidan 2023 yil 22 dekabr kuni Istanbul shahrida «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ va «Turkmaniston temiryo‘llari» agentligi vakillarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda konteyner poyezdlarining Turkmaniston hududi orqali o‘tishini tezlashtirish, shuningdek, tashish uchun maxsus tarif stavkalarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, «O‘zbekiston – Turkmaniston – uchinchi davlatlar» koridori bo‘ylab yuk tashishni tashkil etish uchun har bir davlatda mas’ul logistika kompaniyalarini tayinlashga kelishib olgan edi.
Mavzuga oid

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

09:40 / 07.07.2025
Hindiston O‘zbekiston bilan investitsiya hajmini oshirishni rejalashtirmoqda

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

09:01 / 30.06.2025