Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Bayrutdagi «Hizbulloh» qarorgohiga zarba berdi
Zarba nishoni harakat rahbari Hasan Nasrulloh bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Foto: AFP/Getty Images
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Livan poytaxti Bayrutning janubiy chekkasidagi Dahiya shahrida joylashgan «Hizbulloh»ning bosh qarorgohiga zarba berdi.
TsAHAL vakili Daniel Hagari so‘zlariga ko‘ra, qarorgoh turar-joy binolari ostida joylashgan. Isroilning Ynet portaliga ko‘ra, hujum nishoni «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh bo‘lgan. Hagari armiya o‘z maqsadiga erisha oldimi yoki yo‘qmi, aniqlik kiritmadi.
AFP «Hizbulloh»ga yaqin manbalarga tayanib, havo hujumi oqibatida Bayrutdagi oltita bino vayron qilingani haqida xabar berdi.
Hagarining qo‘shimcha qilishicha, urush paytida mamlakat aholisi xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan Front orti xizmati qo‘mondonligining ko‘rsatmalarida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

13:05 / 09.07.2025