Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga ishga yuborishini aytib pul olganlar ushlandi
Namangan va Samarqandda AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Fuqaro J. D.ning ishonchiga kirib, uni aylanma yo‘llar orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar M. va R. ikki nafar qo‘shnisi M. va S.ning ishonchiga kirib, ularni AQShga ishga yuborishi evaziga jami 18 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50 / 13.07.2025
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025