Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2,2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan dorilar muomalaga kiritilishi oldi olindi
Xususiy korxona mas’ul shaxslari va boshqalar Yunusobod tumani 15-mavzedagi noturar binoda umumiy bahosi 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.

Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent shahrida 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
“A.Ph.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar Yunusobod tumani 15-mavzeda joylashgan noturar binoda umumiy bahosi 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:59 / 31.07.2025
DXX: Toshkentda sifatsiz dori vositalari to‘xtatib qolindi

15:47 / 24.07.2025
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

13:46 / 24.07.2025
Qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilgan xonadon aniqlandi

08:57 / 24.07.2025