Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
Hodisa sodir bo‘lgan mahallada YHXB mutasaddilari va aholi ishtirokida YTH muhokamasi o‘tkazilgan.
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 21 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
Cobalt mashinasi Ishtixon tumani “Azamat” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida ko‘chani belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa sodir bo‘lgan mahallada YHXB mutasaddilari va aholi ishtirokida YTHlarning oldini olish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025