Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkent shahrida qalbaki dollarlarni sotayotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Yangihayot tumanida fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar Yangi Sergeli ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 dollarlik kupyuradagi jami 9 ming qalbaki dollarni fuqaro B.Z.ga 5 ming dollariga sotgan vaqtida ushlandi.
Qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:29
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025