Ukraina Rossiyaga o‘nlab uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi 45 dan ortiq Ukraina dronlari yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Voronej oblastidagi sanoat obektlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Diego Herrera Carcedo/Anadolu/picture alliance
Ukraina Rossiya hududiga dronlar yordamida hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi 8 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari beshta hududda 46 ta Ukraina dronlarini yo‘q qilgani haqida xabar berdi. «Belgorod oblasti hududida 17 ta, Kursk oblasti hududida 12 ta, Voronej oblastida 6 ta, Rostov oblastida 7 ta, Astraxan oblastida 4 ta UUA yo‘q qilindi», deyiladi hisobotda.
Voronej oblastida yong‘in
Voronej oblasti gubernatori Aleksandr Gusevning so‘zlariga ko‘ra, dronlardan birining qulashi natijasida sanoat obektida yong‘in sodir bo‘lgan. «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q», — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Rostov oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusarning aytishicha, Novoshaxtinsk hududida ikkita dron yo‘q qilingan. Ulardan birining qulashi tufayli do‘konlarning oynalari singan. Belgorod oblasti rahbari Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni o‘qqa tutishi natijasida oltita xususiy uy, bitta ko‘p qavatli uy, bir avtomobil va elektr tarmog‘iga zarar yetgan.
Bir kun avval Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Facebookʼdagi rasmiy bayonotida 2015 yilda Rossiya tomonidan qo‘lga olingan Qrim qirg‘oqlari yaqinidagi gaz platformalariga dengiz uchuvchisiz uchoqlari bilan hujum uyushtirgani haqida ma’lum qilgan edi.
Zarba natijasida Rossiya qurolli kuchlari tomonidan kon platformalarida o‘rnatilgan kuzatuv tizimlari ishdan chiqqan.
Mavzuga oid

21:24 / 09.06.2025
“Urushga borishni xohlamaganlarni otib tashlashdi” – “Vagner”ga yollangan yigit hikoyasi

19:01 / 09.06.2025
Rossiyada ukrainlar hujumi oqibatlari aks etgan kadrlarni e’lon qilganlik uchun jarima yozilmoqda

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:20 / 09.06.2025