Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Andijon viloyatida 5 kishi spirtlik ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22–26 dekabr kunlari viloyatida 22 kishi O‘zbekiston aksiz markasi yopishtirilgan «O‘zbekiston» nomli konyak iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid

07:41
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

18:19 / 08.07.2025
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

17:42 / 07.07.2025