Misr Suvaysh kanalining yangi tarmog‘ini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Kanalning o‘tkazish xususiyati kuniga qo‘shimcha 6 dan 8 tagacha kemaga oshishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga dosh berish qobiliyati yaxshilanishi kutilmoqda.

Foto: Reuters
Misr Suvaysh kanalining janubidagi 10 kilometrlik yangi o‘zanni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
Suvaysh kanali ma’muriyatining bayonotiga ko‘ra, sinov paytida ikkita kema kanalning yangi qismidan qiyinchiliksiz o‘tgan.
2021 yilda Ever Given konteyner kemasi kanalda sayozlikka botib, hayotiy muhim suv yo‘lini olti kunga to‘sib qo‘yganidan so‘ng, Misr kanalning janubiy qismida kengaytirish ishlarini tezlashtirgan edi.
Biroq, Yamanning husiy jangarilari 2023 yil noyabr oyida Qizil dengizdagi kemalarga hujum qila boshlaganidan so‘ng, Misrning Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi eng qisqa yo‘lga kirish eshigi bo‘lgan kanaldan ko‘radigan daromadi pasayib ketdi.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy mamlakat «mintaqaviy muammolar» tufayli 2024 yilda Suvaysh kanalidan 7 milliard dollarga yaqin daromad yo‘qotganini aytdi.
Suvaysh kanali ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi kengaytma kanalning ikki tomonlama qismining umumiy uzunligini avvalgi 72 km dan 82 km gacha oshiradi. Kanalning umumiy uzunligi 193 km.
«Ushbu kengayish kanalning o‘tkazish xususiyatini kuniga qo‘shimcha 6 dan 8 tagacha kemaga oshiradi va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga dosh berish qobiliyatini yaxshilaydi», deyiladi Suvaysh kanali ma’muriyati bayonotida.
Mavzuga oid

14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi

02:18 / 10.05.2025