Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan ta’lim masalasiga yangi yondashuvlar muhokama qilindi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
«Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini ta’minlashga intilamiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Qayd etilishicha, prezident yordamchisi bugun, 23 yanvar kuni xalqaro hamkorlar — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazgan. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlar — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlar muhokama qilingan.
«Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida sifatli ta’lim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz», — deya ta’kidlaydi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uchrashgan edi. O‘shanda prezident yordamchisi uchrashuv davomida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tganini ta’kidlagandi. Dekabr oxirlarida esa Prezident administratsiyasida O‘zbekistonning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid

15:00 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

15:26 / 09.07.2025
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

13:30 / 05.07.2025