Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya ostida yer qobig‘idagi ulkan yoriq topildi
Bunday geologik o‘zgarishlarga qaramay, olimlar jiddiy xavfni ko‘rmayapti.

Foto: Bild
Arab va Yevroosiyo tektonik plitalarining tutashgan joyida yer qobig‘ida yorilish boshlandi.
Yoriq jarayonlarini Gyottingen universiteti geologlari aniqladi, deb yozdi Bild. Olimlar qadimgi okean tubi qoldiqlari sayyora tubiga botishda davom etayotganini aniqladi, biroq bir joyda bu jarayon to‘xtab, u yerda toshlar ko‘tarila boshlagan.
«Bu ushbu hududdagi okean plitasi allaqachon ajralib chiqqanini va yer qobig‘ini pastga tortishni to‘xtatganidan dalolat beradi», deb tushuntirdi tadqiqot rahbari Renas Koshnav.
Biroq, Iroqdagi Zogrus tog‘lari ostida bu jarayon davom etmoqda. Bu yerda yer qobig‘i pastga tushishda davom etib, 3-4 km chuqurlikka ega botiqni hosil qiladi. Geologlar yoriq Iroq tomon kengayishini taxmin qilyapti.
Bunday o‘zgarishlarga qaramay, olimlar jiddiy xavfni ko‘rmayapti. «Yoriq paydo bo‘lgan hududlarda zilzilalar soni hatto kamaydi», deb tushuntirdi olim Yonas Kley.
2023 yil 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,0 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi, keyin o‘nlab yer silkinishlari kuzatildi. Vayronkor ofat Turkiyada 50 mingdan ortiq, Suriyada esa 9 mingga yaqin kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana o‘n minglab odamlar jarohat oldi.
Mavzuga oid

09:05 / 09.07.2025
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin

20:38 / 07.07.2025
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi

07:38 / 02.07.2025
Iroq turkmanlari mahalliy ma’muriyatda o‘rnini yo‘qotganiga norozilik bildirmoqda

09:48 / 17.06.2025