Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda kelinini o‘ldirgan qaynona 13 yilga qamaldi
U «O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish» moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati, Narpay tumanida o‘z kelinini o‘ldirgan qaynona 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Zamon» teledasturida xabar berildi.
Hodisa 2024 yil 3 oktabr kuni Narpay tumanida sodir bo‘lgan. Ayol o‘g‘lining yo‘qligidan foydalanib, kelini bilan mojaro boshlagan. Janjal davomida kelinini telefonni zaryadlovchi sim bilan bo‘g‘gan, so‘ng shisha idish, qaychi va pichoq bilan jarohatlagan. Kelin tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Qotillikdan so‘ng qaynona qochishga uringan, lekin ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan.
Ta’kidlanishicha, ayol birinchi kunlardanoq kelinini kamsitib, haqorat qilishni boshlagan. Kelin bu haqda onasiga doimiy shikoyat qilgan.
Ayblanuvchi avvalroq ota-onalik huquqidan mahrum qilinib, farzandlarini mehribonlik uyiga tashlab ketgan. Biroq voyaga yetgan o‘g‘lining to‘yidan so‘ng, yashashga joyi yo‘qligi bahonasida uyiga qaytgan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «g» bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topib, jazoni yengillashtiruvchi ba’zi holatlarni hisobga olib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
Mavzuga oid

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025