Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Ukrainaga yangi yordamni ma’qullamaydi
AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning aytishicha, Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga hech kimda ishtiyoq yo‘q.

Foto: Mark Schiefelbein/AP/picture alliance
AQSh Kongressi Ukrainaga yangi yordam ko‘rsatishni ma’qullamaydi, dedi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson 20 fevral, payshanba kuni Newsmax telekanalida. U Ukrainaga keyingi yordam ko‘rsatishdan manfaatdor emasligini va Kiyevga mablag‘ ajratishni to‘xtatish kerakligini tushuntirdi, chunki «bularning barchasi uzoq vaqtdan beri davom etmoqda».
«Hech kimning ishtiyoqi yo‘q», dedi respublikachi Jonson. U Ukrainadagi urushni birinchi navbatda tugatish kerakligini ta’kidladi. «Va shuni ayta olamanki, bizning yevropalik ittifoqchilarimiz ham bu zaruratni tan olishadi», — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi. Qo‘shma Shtatlarda budjet masalalari birinchi navbatda Vakillar palatasi tomonidan hal qilinadi, bu yerda prezident Donald Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi respublikachilar ko‘pchilikni tashkil qiladi, deya qayd etadi Reuters.
Vens: Yangi qurol yetkazib berish Ukrainaga yordam bermaydi
Shu kuni AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Ukraina Rossiyani mag‘lub eta olmasligini aytdi, chunki u katta sonli ustunlikka ega va Yevropaning qurol-yarog‘ zaxiralari tugaydi. Vens, shuningdek, na Yevropa, na AQShning avvalgi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati, na ukrainaliklar «g‘alaba sari yo‘lga ega bo‘lmagani»ni bildirdi. «Uch yil oldin bu haqiqat edi, ikki yil oldin ham, o‘tgan yili ham, bugun ham shunday», deydi Vens.
Mavzuga oid

21:29
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025