Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi
Avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sabab yuzaga kelgan hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ziyolilar ko‘chasida 50-sonli shahar avtobusi daraxtga borib urilgan. Bunga jamoat transport vositasining yurish qismidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib borgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohat olgan, hozirda uning ahvoli aniqlanmoqda.
«Vakolatli organlar tomonidan hodisaning barcha holatlarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Vaziyatni o‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda BYD va avtobus o‘zaro to‘qnashgani, Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida 22 kishi jarohatlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

16:30 / 23.06.2025
Toshkentda savdo do‘koni tomiga chiqqan 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025