Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev Pro Evens and Marketing Sdn Bhd kompaniyasining boshqaruv direktori Elayne Txam bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Unda O‘zbekistonda Malayziyaning mazkur kompaniyasi ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Malayziya tomoni O‘zbekistonda elektr skuterlar (3 va 4 g‘ildirakli ixcham elektromobil) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Elayne Txamning aytishicha, dastlabki hisob-kitoblar asosida yillik ishlab chiqarish miqdori 5 mingta skuterni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.
“Keyinchalik Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilish salohiyatlarini inobatga olgan holda, uni 10 mingtaga yetkazish imkoniyati mavjud. Skuterlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish O‘zbekistonda aholiga yetkazib berish xizmatining sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin”, deydi kompaniya boshqaruv direktori.
Shuningdek, xorij tomoni O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida sun’iy intellekt yordamida insonlarda tibbiy diagnostika o‘tkazish dasturiy ta’minotini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida belgilangan loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish uchun kompaniya rahbariyatining O‘zbekistonga biznes-missiyani tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

11:13 / 24.06.2025
Prezident Malayziya bilan iqtisodiy sheriklik muhimligini qayd etdi

16:00 / 19.06.2025
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

14:13 / 19.06.2025