Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor
Yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda chapga burilish uchun to‘xtab turgan Lacetti va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan, yo‘lovchilari bo‘lgan mikroavtobus bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida 1 kishi voqea joyida, 2 kishi shifoxonada vafot etgan. 13 kishi og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.

Foto: Videodan kadr
Jizzax shahrida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Jizzax viloyati YHXB hodisa haqida qisqa va noto‘liq ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH joriy yilning 18 mart kuni Jizzax shahri Nurliobod mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-376 “Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘lining 151-kilometrida sodir bo‘lgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda chapga burilish uchun to‘xtab turgan Lacetti va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan mikroavtobus bilan to‘qnashgan. Mikroavtobusda yo‘lovchilar bo‘lgan.
Surishtiruvlar davomida yuk mashinasi haydovchisi Jizzax viloyatidagi “Nurli to‘lqin” MChJ haydovchisi ekanligi aniqlangan.
Jizzax viloyati YHXB avariyada halok bo‘lganlar soni va jarohat olganlarning holati haqida ma’lumot bermagan.
Zo‘rTV'ning “Bu kun” dasturida ma’lum qilinishicha, YTH oqibatida 1 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. 15 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan. Shulardan 2 kishi ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Shifokor jarohatlanganlarning ahvoli stabil og‘ir ekanligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025