O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
2030 yilgacha AQShda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud. Oliy malakali hamshiralarga yiliga 44 mingta qonuniy ishchi viza ajratiladi.
Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Azim Husanov va New Future Success Academy xalqaro hamshiralarni tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Amerika standartlari bo‘yicha hamshiralarni test sinovlariga tayyorlash markazini mamlakat hududida ochish va imtihon markazini tashkil qilish, (MDH va qo‘shni davlatlarda yagona markaz bo‘ladi) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni AQShda bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
2030 yilgacha AQShda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud. Oliy malakali hamshiralarga yiliga 44 mingta qonuniy ishchi viza ajratiladi.
Uchrashuv yakunida New Future Success Academy kompaniyasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida tibbiyot sohasida nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi.
Mavzuga oid

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025
Nyu York meri va o‘zbek tadbirkorining oldi-berdisi: bu haqda nimalar ma’lum?

21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»

20:37 / 27.05.2025