Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Mirobod tumanida turistlar avtobusida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22 mart kuni soat 18:07 da Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek ko‘chasida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:13 da yetib borganda avtobus motor qismining elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani aniqlandi.
Aytilgan manzilda avtobusda yong‘in sodir bo‘lmagani qayd etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025