Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda parrandachilik klasterini tashkil qilmoqchi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Bounty Biotech Sdn Bhd kompaniyasi bosh ijrochi direktori Alan King Xao bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Malayziya vakili mamlakatda parranda ozuqasini ishlab chiqarish va parrandachilik majmuini o‘z ichiga olgan klasterni tashkil etish loyihasi jiddiy qiziqish uyg‘otganini bildirdi.
"Parranda ozuqasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy xomashyo O‘zbekistonda ko‘plab miqdorda yetishtirilishi ushbu loyihani jiddiy ko‘rib chiqishga turtki bo‘ldi. O‘zbekistonni Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydigan transport koridorlari, keyinchalik ushbu yirik bozorlarga parranda go‘shtini eksport qilish uchun ham qulay logistika sharoiti mavjud", dedi Alan King Xao.
Mazkur loyihani amalga oshirish imkoniyatlari va joylashuvini batafsil o‘rganish uchun Bounty Biotech Sdn Bhd kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga borishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

15:00
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

09:37
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin

21:25 / 10.07.2025
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi

08:28 / 09.07.2025