Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida Cobalt yo‘ldan qayrilib olayotgan Nexia 2 ga borib urildi. YTH oqibatida ikkinchi mashinada yong‘in yuzaga keldi. Hech kim jarohatlanmadi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi O‘rta Chirchiq tumanida avtomobilda kelib chiqqan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 mart kuni soat 17:30 larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tgan Toshkent shahri—Nurafshon shahri avtomobil yo‘lining 17-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bunga Nexia-2 rusumli mashina ruxsat etilgan joydan qayrilib olayotgan vaqtda, Nurafshon—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt u bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida Nexia-2 rusumli mashinada yong‘in kelib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, YTH va yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘ligiga ziyon yetmagan.
«Holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Bank-moliya akademiyasi binosi oldida transport vositasi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

15:36 / 09.07.2025
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi

15:24 / 09.07.2025
«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak» – prezident O‘zbekiston yo‘llaridagi holat haqida

13:20 / 09.07.2025
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

19:36 / 08.07.2025