AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi
Departament o‘tgan hafta Amerikaga keraksiz loyihalar uchun pul sarflash to‘xtatilganini ma’lum qildi. Shunday dasturlar ichida O‘zbekistonga tegishlisi ham bor. Mehnat vaziriga ko‘ra, soliq to‘lovchilarning puli endi O‘zbekiston va shu kabi davlatlarga sovurilmaydi.

Vazir Lori Chaves de Remer o‘zining videoxabarida ma’lum qildi. Bu video uning va departament sahifalarida e’lon qilingan. Qisqa murojaatda asosiy e’tibor Amerika uchun turli keraksiz loyihalarga pul ajratilmasligiga qaratilgan. Biz birinchi ish kunimizdanoq amerikalik ishchilarni birinchi o‘ringa qo‘ydik, shunga ustuvor vazifa deb qaradik, deydi vazir.
Ma’lum bo‘lishicha, Mehnat vazirligi o‘tgan hafta 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatgan. Biz Amerikani oxirgi o‘rinda qoldiradigan dasturlarni yo‘q qilyapmiz. Endi soliq to‘lovchilarning pulini masalan, O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflikni ta’minlash kabi loyihalarga sarflamaymiz, deydi Lori Chaves de Remer.
“Trampning ko‘rsatmasi bilan biz o‘z vazifamizni bajarishda vaqtni behuda sarflamadik. O‘tgan hafta mehnat departamenti 38 million dollardan ortiq mablag‘ni tejab, bir nechta xorijiy yordam grantlarini to‘xtatdi. Ishonchim komilki, sizning mashaqqat bilan ishlab topgan soliq pullaringiz O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va javobgarlikni oshirish, Braziliya va Kolumbiyada iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dasturlar bilan bog‘liq siyosatni ilgari surish, Indoneziya va Gvatemalada jamoaviy bitimlarni qo‘llab-quvvatlash, Kongo Demokratik Respublikasida mehnat standartlari bo‘yicha taraqqiyotni nazorat qilish kabi ishlarga sarflanayotganini ham bilmas edingiz. Oddiy qilib aytganda, biz Amerikani oxirgi o‘ringa qo‘yadigan dasturlarni yo‘q qilyapmiz” - Lori Chaves de Remer.
Vazir videomurojaatining so‘ngida uning jamoasi pulni tejash uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar izlayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Men mehnat departamentidagilarga pulingizni tejash uchun ko‘proq imkoniyatlarni aniqlashni buyurdim. Isrofgarchilik, firibgarlik va suiiste’mollardan xalos bo‘lish orqali amerikalik ishchini birinchi o‘ringa qo‘yish uchun kurashishda davom etaman”, - deydi vazir. U har bir dollarni ishchilarning o‘ziga qaytarishini ham va’da qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi USAID moliyalashtirishi ham to‘xtagani fonida O‘zbekistondagi deyarli barcha dasturlarga pauza berilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi
O‘zbekiston | 17:45
-
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 17:23
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
O‘zbekiston | 17:14
-
Bloger Qobil Do‘sov 5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

14:48
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda

14:04
Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

23:29 / 14.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?

23:14 / 14.06.2025