Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi
Raqobat qo‘mitasi «Uzum Tezkor» MChJni yetkazib berish bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etdi. Avvalroq, bu bozorda «Yandex Eats» va «Express24» servislari ham ustun mavqega ega deb topilgandi.

Foto: Uzum
Qo‘mitaning tegishli buyrug‘i bilan tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida «Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi.
«Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi», deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq, 2024 yil oktyabrida tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatorlari bo‘lgan «Yandex Eats» va «Express24» ham ustun mavqega ega deb topilgandi.
Mavzuga oid

23:01 / 25.07.2025
Qimmat benzin, sharoiti yo‘q poyezdlar va muammoli UzIMEI - Iste’molchi huquqi himoya qilinyaptimi?

15:49 / 17.07.2025
“Farg‘onaazot” karbamid bozoridagi ustun mavqeni yo‘qotdi - Raqobat qo‘mitasi

14:18 / 17.07.2025
Raqobat qo‘mitasi 43 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini bekor qildi

16:07 / 03.07.2025