Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli Rossiyaga bojlar joriy etilmaydi
Qo‘shma Shtatlar Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli import bojlarini joriy qilishda Rossiyaga istisno qildi, dedi Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi rahbari Kevin Xasset. U Kiyev nima uchun yig‘imga tortilganiga izoh bermadi.

Kevin Xassett Foto: AP
AQSh hukumati Ukrainada davom etayotgan tinchlik muzokaralari tufayli import bojlarini joriy qilishda Rossiya uchun istisno qildi. Bu 6 aprel, yakshanba kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi rahbari Kevin Xassett tomonidan aytildi.
Undan nima uchun tariflar 185 ta davlatga ta’sir qilgani, biroq bir nechta istisnolardan biri Rossiya uchun qilingani haqida so‘ralgan. «Ochig‘i, Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar davom etayotgani uchun. Menimcha, prezident bu ikki masalani aralashtirib yubormaslikka qaror qildi. Bu Rossiyaga har doim boshqa davlatlardan farqli munosabatda bo‘lishini anglatmaydi», — deydi Xasset.
U «ko‘plab rossiyaliklar va ukrainaliklarning hayotiga ta’sir qiladigan muzokaralar o‘rtasida juda ko‘p yangi narsalarni «stolga qo‘yishga» qarshi chiqdi. «Bu qabul qilinishi mumkin emas», deb hisoblaydi iqtisodchi.
«Rossiya minglab odamlarning hayotiga ta’sir qiladigan muzokaralar jarayonida. Prezident Tramp hozir aynan shu narsaga e’tibor qaratmoqda», — deya xulosa qildi Xasset.
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025