Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi
Ayrim yo‘llarda eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent
Toshkent shahri, Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasidagi (KHAY) yo‘lning bir yo‘lagi 10 apreldan 6 maygacha yopildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yo‘lda umumiy uzunligi 560 metr, diametri 800 mm bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi chorrahasidan Cho‘pon ota chorrahasigacha bo‘lgan KHAY yo‘nalishida joylashgan yo‘l 10 apreldan 22 aprelgacha yopildi.
Ushbu hududda diametri 400 mm bo‘lgan, umumiy uzunligi 782 metrni tashkil etuvchi eskirgan issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari olib boriladi.
Kompaniya yo‘l marshrutini rejalashtirayotganda bunga e’tibor qaratishni so‘radi.
Mavzuga oid

15:21 / 02.08.2025
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti

10:44 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22 / 01.08.2025