Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Ukraina va AQSh mineral resurslar bo‘yicha bitim tuzish niyatida memorandum imzoladi. Kiyev u sarmoya kiritish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik uchun imkoniyatlar ochishini ma’lum qildi.

Foto: REUTERS
Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlari nodir metallar va boshqa foydali qazilmalar bo‘yicha «kelishuvni yakunlash va tuzish niyatlarini ko‘rsatuvchi» memorandumni imzoladi. Bu haqda 17 aprel, payshanba kuni Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko Facebookʼda yozdi.
«Biz Ukrainani tiklashga investitsiyalar jamg‘armasini yaratishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Tegishli kelishuv katta sarmoya kiritish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va Ukraina va AQSh o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik uchun imkoniyatlar ochadi — aynan shu maqsadda jamoalar hujjat ustida ishlamoqda», — deya ta’kidladi vazir.
Sviridenkoning qo‘shimcha qilishicha, shartnoma matnini yakunlash, uni Ukraina va AQSh parlamentlari tomonidan imzolash va ratifikatsiya qilish oldinda.
Vazir boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Ayni paytda AQSh prezidenti shu kuni Ukraina bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv «tez orada, ehtimol, kelasi payshanba kuni», ya’ni 24 aprelda imzolanishi mumkinligini aytdi.«Shartnoma bor», dedi Donald Tramp Oq uyda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuvi chog‘ida.
Mavzuga oid

19:32 / 24.05.2025
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12 / 24.05.2025
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

23:03 / 23.05.2025