Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Barcha yo‘nalishlarda faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi oshmoqda. Hududlar va yetakchi sanoat korxonalarining kooperatsiyasi kuchaymoqda. Madaniyat, san’at, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik kengayib bormoqda.
«Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi

16:28 / 09.07.2025
«Men ham 15–20 daqiqa tirbandlikda turdim» – prezident

15:36 / 09.07.2025