Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda o‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Al-Azhar universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar.

Foto: Dunyo
Uchrashuvda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Al-Azhar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlash hamda talabalarning o‘zaro birdamligini kuchaytirish maqsadida o‘zbekistonlik talabalar uyushmasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida talabalar kun tartibidagi dolzarb muammolar, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar, turli maishiy masalalar, hujjatlar bilan bog‘liq ishlar va boshqa masalalar xususida fikr almashildi. Shuningdek, elchixona, universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasida doimiy aloqalarini mustahkamlash, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy, ma’naviy va ilmiy faolligini rag‘batlantirish yuzasidan kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida talabalar uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.
Mavzuga oid

10:46
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

09:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

21:00 / 01.07.2025