Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi
Tramp kelishuvni «to‘liq va keng qamrovli» deb ta’rifladi, ammo aniq tafsilotlar hozircha oshkor etilmadi.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp «Truth» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Buyuk Britaniya bilan savdo masalalari bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.
U kelishuvni «to‘liq va keng qamrovli» deb ta’rifladi, aniq tafsilotlar hozircha oshkor etilmadi. Bu Tramp o‘nlab mamlakatlarga qarshi boshlagan savdo urushi davridagi birinchi bitim hisblanadi.
BBC nashrining qayd etishicha, Britaniya hukumati AQSh yangi ma’muriyati bilan kelishuvga erishgan birinchi davlat sifatida ma’lum imij imtiyozlarini oladi, garchi bu natijaga nima evaziga erishilgani noma’lumligicha qolmoqda.
Yangi shartlar Britaniya tomoni uchun avvalgi holatga nisbatan qanchalik foydali bo‘lishi hozircha noma’lum. Oq uy avvalroq Britaniyaning barcha tovarlariga 10 foizlik, avtomobillar va po‘latga esa 25 foizlik boj joriy etgan edi. Ushbu tariflar Britaniya mahsulotlarini qimmatlashtiradi va AQShda ularga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
BBC nashrining ta’kidlashicha, London bilan e’lon qilingan kelishuvga qaramay, moliyaviy bozorlarda keskinlik saqlanib qolmoqda, chunki AQSh asosiy savdo sherigi Xitoy bilan muzokaralar endi boshlanmoqda va qiyin bo‘lishi va’da qilinmoqda.
Mavzuga oid

21:01
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:03