Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi
Kreml tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi kechasida Ukraina Qurolli kuchlari rossiyaliklar Sumi viloyati yo‘nalishida bombalar uchirgani haqida xabar berdi. Lipetsk viloyatida dron hujumi tahdidi e’lon qilindi.

Foto: Gleb Garanich/REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uch kunga harbiy harakatlarni to‘xtatganiga qaramay, Ukraina armiyasi 8 may, payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Federatsiyasi tomonidan hujumlar sodir etilgani haqida xabar berdi. Ukraina harbiy-havo kuchlarining Telegram kanali Rossiya taktik aviatsiyasi tomonidan Sumi viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boshqariladigan havo bombalari uchirilgani, shuningdek, «front yaqinidagi viloyatlarda havo qurollaridan foydalanish tahdidi» haqida xabar bergan. Hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Shu bilan birga, bugun tunda Ukraina osmonida birorta ham rus droni qayd etilmagan. Ukraina dronlarining Rossiya Federatsiyasi hududlariga ommaviy hujumlari ham to‘xtatildi, faqat alohida UUA haqida xabar berilgan. Xususan, Lipetsk viloyati gubernatori Igor Artamonov 8 mayga o‘tar kechasi viloyat hududiga dron hujumi xavfi borligini ma’lum qildi.
Nijniy Novgorod aeroporti «parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida» Moskva vaqti bilan soat 04:30 dan yopildi, deb xabar qildi Federal havo transporti agentligi. Bir kun oldin, Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining Moskva va Rossiya Federatsiyasining boshqa hududlari yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan ommaviy hujumi natijasida Rossiya aeroportlari ishida katta uzilishlar yuzaga keldi va kamida 60 ming yo‘lovchi zarar ko‘rdi.
Putin G‘alaba kuni sharafiga e’lon qilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi uch kun davomida – 8 may kuni Moskva vaqti bilan soat 00:00 dan 11 may Moskva vaqti bilan 00:00 gacha amal qiladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq Kiyev qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini qabul qilmasligi va kamida 30 kunlik sulhni taklif etayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid

07:45
YeI Ukraina budjetiga 19 mlrd yevroni yo‘naltirish imkonini izlamoqda

07:13
Makron G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

23:17 / 09.07.2025
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”

21:14 / 09.07.2025