Hindiston Pokiston chegarani o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi
Hindiston armiyasi X ijtimoiy tarmog‘i orqali Pokiston armiyasi juma kuniga o‘tar kechasi butun chegara bo‘ylab uchuvchisiz uchoqlardan havo hujumlarini amalga oshirganini va o‘qqa tutganini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
Hindiston harbiylari dron hujumlari muvaffaqiyatli qaytarilganini da’vo qilmoqda. Pokiston bu bayonotga hozircha izoh bermadi.
Hindiston payshanba kuni Pokistonni Hindistonning uchta harbiy bazasiga uchuvchisiz uchoqlar va raketa zarbalari berishga urinishda aybladi, biroq Pokiston mudofaa vaziri armiya bunga aloqador emasligini aytdi.
«Biz buni inkor qilamiz, biz hali hech narsa qilganimiz yo‘q. Biz zarba berib, keyin buni rad etmas edik», dedi Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Osif BBC'ga.
Payshanba kuni kechqurun Hindiston boshqaruvidagi Kashmirning Jammu shahrida portlashlar sodir bo‘lib, butun mintaqada elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.
Avvalroq, chorshanba va payshanba kunlari Hindiston va Pokiston transchegaraviy zarbalar berishda va bir-birini vaziyatni keskinlashtirishda ayblashda davom etdi.
7 mayga o‘tar kechasi Hindiston ikki hafta avval sayyohlarning o‘qqa tutilishiga javoban Pokistondagi terroristik guruhlarga aloqador deb hisoblagan bir qancha nishonlarga raketa va dronlardan zarbalar bergandi.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025