Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Oqibatda piyoda tan jarohati olib, Bekobod shahri markaziy shifoxonasiga yetkazildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati, Bekobod shahrida 10 may kuni yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent viloyati YHXB xabariga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi ertalab Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1992 yilda tug‘ilgan erkakni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda piyoda tan jarohati olib, Bekobod shahri markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.
Holat yuzasidan Bekobod shahri IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Hurmatli haydovchilar video tasvirda ko‘rib turganingizdek, haydovchi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etmoqda. Barchangizdan ushbu tasvirlardan xulosa qilgan holda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

19:36
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi

13:31
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

16:33 / 07.07.2025
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17 / 07.07.2025