Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Ukraina prezidenti 15 may kuni Turkiyada o‘tkaziladigan muzokaralarga Rossiya tomonidan kim kelishini kutayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Putinni urushni cho‘zishda aybladi.

Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 may kuni Turkiyada o‘tkaziladigan uchrashuvda Rossiya tomonidan kim qatnashishi to‘g‘risida ma’lumotni kutmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor.
Rossiya tomonidan so‘nggi bir kun ichidagi o‘qqa tutishlar haqida gapirar ekan, Zelenskiy ehtimoliy muzokaralarni yodga oldi. «Butun dunyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar taklifi uchun Putindan oddiy «ha» javobini kutayotgan vaqtda — u Ukrainaga zarbalar berishni davom etyapti. Bunda hech qanaqa harbiy ma’no yo‘q», — deydi Ukraina prezidenti Putinni urushni cho‘zishda ayblab.
«Men Rossiyadan kim kelishini kutyapman va shunda Ukraina qanday qadamlar tashlashi kerakligini belgilayman. Ularning mediasidagi signallar hozircha ishonchsiz», — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy. U AQSh prezidenti Donald Tramp ham Turkiyadagi muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligini eslatib o‘tdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z navbatida, muzokaralarning har qanday formatiga tayyor. «Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor va biz uchrashuvdan qo‘rqmaymiz. Ertaga — Turkiyada», — deydi u.
15 may, payshanba kuni Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari boshlanishi mumkin. Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan 14 may kuni uning formati «hali uzil-kesil belgilab olinmagani»ni aytdi. Bu Moskva va Kiyev o‘rtasida 2022 yil bahoridan buyon ilk muzokaralar bo‘lishi kerak, o‘shanda tomonlar urushning dastlabki haftalarida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishishga uringandi.
Mavzuga oid

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

23:42 / 10.07.2025