Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qildi. U zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Foto: Getty images
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 may kuni maktab ta’limi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
«To‘g‘ri, bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma shug‘ullanayapti. Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional tashkilot yo‘q», dedi prezident.
Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. Unga taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov direktor qilib tayinlandi.
Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan ko‘maklashadi.
Shu bilan birga, bu masalalar faqatgina bitta markazning ishi bo‘lib qolmasligi, mas’ul barcha vazirliklar markaz bilan ishlarni boshlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid

21:15
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov bilan uchrashdi

20:51
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

17:38
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

12:36