Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
150 milliard yevrolik «Yevropa uchun xavfsizlik harakati» (Security Action for Europe) jamg‘armasi Yevropa mudofaasiga sarmoyalarni moliyalashtiradi va Yevropa Ittifoqiga Ukrainaga yordam berishda davom etish imkonini yaratadi.

Foto: Shutterstock
Yevropa Ittifoqi Kengashining 27 may, seshanba kuni e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevrolik Security Action for Europe (SAFE) mudofaa fondini yaratishni ma’qulladi.
Press-relizda aytilishicha, yangi jamg‘arma «qo‘shma xaridlar orqali mudofaa sanoati ishlab chiqarishiga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan a’zo davlatlarni qo‘llab-quvvatlaydi» va «Yevropaning mudofaa texnologik va sanoat bazasiga shoshilinch va keng ko‘lamli sarmoyalarni» moliyalashtiradi.
«Maqsad ishlab chiqarish quvvatini oshirish, kerak bo‘lganda mudofaa uskunalari mavjudligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlar bo‘shliqlarini to‘ldirish, natijada Yevropa Ittifoqining umumiy mudofaa qobiliyatini mustahkamlash», — deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, SAFE Yevropa Ittifoqiga Ukrainani «mudofaa sanoatini boshidanoq qo‘shish orqali» qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish imkonini beradi.
E’lon qilingan rejaga ko‘ra, fonddan pul mablag‘lari manfaatdor a’zo davlatlarga so‘rov bo‘yicha «raqobatbardosh» stavkalarda uzoq muddatli kreditlar shaklida ajratiladi. Shu bilan birga, kredit oluvchilar kamida ikkita boshqa davlat bilan birgalikda xaridlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:43
Oq uy kelasi hafta Rossiya va Ukraina to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishiga umid qilmoqda

08:01
Tramp: Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalaridan hayratdaman va hafsalam pir bo‘ldi

21:30 / 30.05.2025
Trampning bosimidan so‘ng: Rossiya muzokara belgiladi

18:55 / 30.05.2025