To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi
Qozog‘iston prezidenti Germaniya, Yaponiya, Osiyo va Afrika davlatlarini ham BMT Xavfsizlik Kengashiga kiritishga chaqirdi. Uning fikricha, yangi rivojlanayotgan davlatlar BMTning ushbu muhim organi tarkibiga kiritilishi kerak.

Foto: Akorda.kz
BMT Xavfsizlik Kengashi Germaniya, Yaponiya, Osiyo va Afrika davlatlari hisobiga kengayishi kerak. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi. Uning hisoblashicha, rivojlanayotgan mamlakatlar rotatsiya asosida organga qo‘shilishi kerak.
«Eng avvalo Xavfsizlik Kengashini kengaytirish kerak. Yangi rivojlanayotgan davlatlar BMTning ushbu muhim organi tarkibiga, ehtimol, rotatsiya asosida kiritilishi lozim», — deydi To‘qayev.
Qozog‘iston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, «har qanday holatda ham Yaponiya, Germaniya kabi yirik derjavalar, shuningdek, Osiyo va Afrika davlatlari vakillari Xavfsizlik Kengashi tarkibiga kiritilishi yoki qandaydir usulda uning faoliyatiga jalb etilishi kerak».
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning ta’kidlashicha, Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Qozog‘iston kabi o‘rtacha derjavalar asosiy xalqaro muammolarni hal etish va qaror chiqarishda nisbatan muhim rol o‘ynashi lozim».
BMT Xavfsizlik Kengashi veto qo‘yish huquqi bilan doimiy besh a’zoga ega: AQSh, Rossiya, Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniya. 2023 yilda AQSh prezidenti Jo Bayden Xavfsizlik Kengashini kengaytirish tashabbusini ilgari surgandi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya, Yaponiya, Hindiston va Braziliya ham uning doimiy a’zosiga aylanishi kerakligi haqida gapirgan edi. RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaponiya va Germaniya a’zoligiga qarshi chiqish qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, organ Braziliya, Hindiston va Afrika davlatlari hisobiga kengayishi kerak.
Mavzuga oid

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

16:38 / 31.05.2025
2029 yilda lavozimimni tark etaman – To‘qayev

20:50 / 30.05.2025
Prezident global siyosiy jarayonlar sharoitida Italiya bilan muloqot maydonini yaratish nihoyatda zarurligini ta’kidladi

16:38 / 30.05.2025